O‘zbekistonda 15 ta yirik davlat korxonasining aksiyalari ochiq savdoga qo‘yiladi
Jamiyat
−
16 aprel 2021 23370 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori bilan 2021-2023 yillarda aksiyalari fond birjasi orqali ommaviy sotuvga chiqariladigan davlat korxonalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, ro‘yxatga quyidagi 15 ta kompaniya kiritilgan:
- “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ;
- “O‘zbekneftgaz” AJ;
- “Milliy bank” AJ;
- “AT Xalq banki;
- “Agrobank” ATB;
- “Mikrokreditbank” ATB;
- “Qishloq qurilish bank” ATB;
- “O‘zagrosug‘urta” AJ;
- “Qurilishmashlizing” AJ;
- “O‘zbekinvest” AJ;
- “Uzbekistan Airways” AJ;
- “Uztransgaz” AJ;
- “Olmaliq KMK” AJ;
- ”Navoiy KMK” AJ;
- “O‘zavtosanoat” AJ.
Shuningdek, “UzAuto Motors” AJ 10 foizgacha aksiyalarini IPO o‘tkazgan holda sotishini e’lon qilgan.
Live
Barchasi