15 ming o‘rinli Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2022
5961Toshkent viloyatida 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 22 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasida aytib o‘tdi.
Davlat rahbari ijtimoiy soha ob’ektlarini ta’mirlash bo‘yicha loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida tayyorlash zarurligini ta’kidladi, ta’mirlash ishlari o‘quv yili boshlanishidan o‘tib ketmasligi haqida mutasaddilarni qattiq ogohlantirdi.
Olmaliq shahridagi 80-son maxsus maktab va Angren shahridagi 73-son maktab-internatni kelgusi yilda ta’mirlash vazifasi qo‘yildi.
Xorijiy ekspertni jalb qilib, 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o‘quv yilida yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga yil yakuniga qadar 500 nafar og‘ir bemorlarni respublika markazlarida sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.
Viloyat markazida barcha tibbiy xizmatlarni ko‘rsatadigan yagona markaz yo‘qligi qayd etilib, mutasaddilarga xorijiy loyihachilarni jalb qilib, kelgusi yildan Nurafshon ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi qurilish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.
LiveBarchasi