15 avgustdan Toshkentda metro faoliyati tiklanadi

Jamiyat

image

Ertaga, 15 avgustdan O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 avgustdan boshlab Toshkentda metro harakati qayta ish boshlaydi.

Soat 6:00 dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi. 
 
Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir  qatnovni yakunlagandan so‘ng to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.  

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.  

Toshkent metropolitenining “Yunusobod” liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do‘stlik – Qo‘yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 22 martdan boshlab metro va boshqa barcha jamoat transportlari harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing