14 ta tumanda “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi
Jamiyat
−
27 dekabr 2022 7162 1 daqiqa
14 ta tumanda huquqiy tajriba tariqasida “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Kecha, 26 dekabr kuni “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan va soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy tajriba tariqasida joriy etiladi.

Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer solig‘i (noturar joylarga oid mol-mulk va yer solig‘i bundan mustasno) bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10 foizi hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tuman byudjetlari orqali tegishli Jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.
2023 yil 1 martgacha mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan, to‘langan mablag‘lar va soliq qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan mahallalar real vaqt rejimida foydalanishi imkoniyati yaratiladi.
“Mahalla byudjeti” tizimi asosida shakllantirilgan mablag‘lar “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan boshqariladi.
Live
Barchasi