14 iyuldan Alif Juma aksiyasida muddatli to‘lov komissiyasi ikki barobargacha kamayadi

Biznes

image

Issiq iyulda Alif da narxlar muzqaymoqdek erib ketdi. Maishiy texnika, elektronika va smartfonlar uchun aksiya 14 iyuldan boshlab Alif hamkorlar tarmog‘idagi 2000 dan ortiq do‘konlarda, shuningdek, alif shop marketpleysida bo‘lib o‘tadi. Bir hafta davomida muddatli to‘lov komissiyasi ikki barobargacha pasayadi.

Kompaniyaning aytishicha, Alif Juma aksiyasining o‘ziga xosligi shundaki, mijoz tovarni ikki barobar kamaytirilgan komissiyali muddatli to‘lovga, 24 oygacha bo‘lgan muddatga sotib oladi.

Jumadan jumagacha muddatli to‘lovga ajoyib taklif alif shop ilovasida onlayn, hamda IDEA, Mediapark, Elmakon va boshqa do‘konlarda oflayn rejimda bo‘lib o‘tadi.

“Biz uchun bozorni islomiy moliya tamoyillari asosidagi muddatli to‘lov bilan tanishtirish muhim, bu Alif ning boshqa to‘lov xizmatlaridan asosiy farqlaridan biridir.

Mahsulotlarimiz: alif shop marketpleysi, alif mobi to‘lov ilovasi va alif nasiya muddatli to‘lov xizmati halol standarti asosida ishlaydi”, dedi Alif ning “Marketing” bo‘limi direktori Nikita Lomakov.


Maqola muallifi

Teglar

Alif Alif Juma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing