13 yoshli qizni o‘ldirishda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 13 yashar qizni o‘ldirib, qochib ketganlikda gumon qilinayotgan erkak qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, Yangiyer shahar Obod yurt mahallasi Samarqand ko‘chasi 8-uy, 7 xonadonda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Xolto‘rayev Yo‘ldoshali Ashurovich og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm atrofida, bug‘doyrang, ozg‘indan kelgan, egnida sariq-ko‘k chiziqli ko‘ylak, qora rangli shim va oyog‘ida qora rangli tufli bo‘lgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102 qisqa raqami, (67) 343-52-22, (67) 343-51-11, (78) 221-02-73, (67) 350-11-02, (88) 908-22-00 telefon raqamlariga murojaat qilish so‘ralgan.

“Xabar berganlarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi. Ushbu fuqaro topilishida ko‘maklashgan fuqarolar 10 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangiyer shahrida 13 yashar qiz o‘zi yashab kelayotgan uyning mehmonxona qismidan qotillik alomatlari bilan topilgandi. Voqea joyi ko‘zdan kechirilib, u yerdan barmoq izlari, 2 dona yostiq, 2 dona pivo spirtli ichimligining yelim idishi, 2 dona qulf ashyoviy dalil tariqasida olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo erkak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made