12 ta qo‘yni bo‘g‘izlagan “qotil” qo‘lga tushdi
Bu qiziq
−
11 Oktabr 2019
10127Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining Rushan tumanidagi Razuch qishlog‘ida mahalliy aholi 12 ta qo‘yni g‘ajib tashlagan qor qoplonini ushladi. Qishloq aholisi hayvonni qafasga joylashga muvaffaq bo‘ldi.
Mahalliy hokimiyat chorva mollarini yo‘qotgan aholiga yo‘qotishlarni qoplashga va’da berdi. Qoplon aholi punktlaridan uzoqqa, yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi.
Qor qoploni (ilvirs) 12 mamlakatda — Afg‘oniston, Butan, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Nepal, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonda yashaydi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 4,5 dan 8,5 minggacha qor qoploni bor. Tojikistonda bu hayvon Pomirda, dengiz sathidan 5 ming 500 metr balandlikda yashaydi. Respublikada ilvirslar soni 400-500 taga yaqin.
LiveBarchasi