12 raund davom etgan trilogiyada Saul Golovkinni mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 18 sentyabr kuni Los-Anjelesdagi (AQSH) T-Mobile arenasida professional boksning super o‘rta vazn toifasida mutlaq chempion bo‘lgan meksikalik Saul Alvares qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi jang qildi.

Kutilganidek brinchi raundda bokchilar tavakkal hujumga o‘tib ketmadi va biri-birinni o‘rgandi. Ikkinchi va uchinchi raundlar ham xuddi shu tarzda o‘tdi.

Ammo to‘rtinchi raunddan boshlab Saul ustinlikni o‘z qo‘liga oldi va Golovkinning tanasiga va boshiga aniq zarbalar yo‘llay boshladi.

Oltinchi raundga kelib, meksikalik bokschi jang tezligini biroz tushirdi. Biroq Golovkin bu vaziyatda ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishning uddasidan chiqmadi.

Nihoyat, jangning yettichi raundida Golovkin raqibiga nisbatan ustunroq harakat qildi. U Saulning boshiga ketma-ket zarbalar yo‘lladi. Sakkizinchi raundda ham Gennadiy raqibiga nisbatan ko‘proq aniq zarba yo‘lladi. Imkoniyat raqib tomonga o‘tayotganini anglagan Saul ham yana faolikni oshirdi.

Alvares so‘nggi, hal qiluvchi 11-12-raundlarni hech qanaqasiga Golovkinga berib qo‘ya olmasligini anglagan holda harakat qildi va o‘z maqsadiga erishdi. Shu tariqa, ko‘proq raundlarda ustunlik qilgan Alvares jangda ham g‘alaba qozondi. Uchala hakam ham Saulning g‘alabasini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, bundan oldin ushbu bokschilar ringda o‘zaro ikki marta to‘qnash kelgan. Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o‘rtasidagi birinchi jang 2017 yil 16 sentyabrida tashkil etilgan, unda durang qayd etilgan. Ikkinchi jang esa 2018 yil 15 sentyabrda bo‘lib o‘tgan. Unda Saul Alvaresning qo‘li baland kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

668

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing