16 816 kishini chuv tushirgan “Avto 60 oy” MCHJ rahbarlariga sud hukmi o‘qildi

Jamiyat

Bugun, 29 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida “Avto 60 oy” MCHJ rahbar va mansabdorlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Sudda J. Baxodirov (1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, “Avto oltmish oy” MCHJ rahbari), O. Mirzayev (1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan), E. Qurbonov (1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan), M. Gulmirzayeva (1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Avto oltmish oy” MCHJ bosh hisobchisi), M. Xakimova (1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, “Avto oltmish oy” MCHJ maslahatchisi) sudlanuvchi sifatida ishtirok etdi.

Sudning ish yurituviga J.Baxodirov va boshqalar tomonidan 1 128 ta fuqarolarning pullarini egallash holati bilan bog‘liq yangi jinoyat ishi kelib tushgan va sudning 2021 yil 11 yanvar kunidagi ajrimiga asosan jinoyat ishlari birlashtirilgan.

Jabrlanuvchilarning soni ko‘pligini inobatga olinib sudlar barcha viloyatlarda o‘tkazilishi boshlanib, jami 9300 nafar jabrlanuvchilar va guvohlar so‘roq qilingan.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi sudyasi Dilmurod Valiyev tomonidan ko‘rib chiqildi.

J. Baxodirov Jinoyat kodeksining (JK) 168-moddasi 3-qismining “a,b” bandlari, 1881-moddasi 2-qismining “b,v” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

JKning 59-moddasi tartibida, jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

O. Mirzayev JKning 168-moddasi 3-qismining “a,b” bandlari, 1881-moddasi 2-qismining “b,v” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

JKning 59-moddasi tartibida, jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

E. Qurbonov JKning 168-moddasi 3-qismining “a,b” bandlari va 1881-moddasi 2-qismining “b,v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

JKning 59-moddasi tartibida, jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

M. Gulmirzayeva JK 167-moddasi 2-qismining “v,g” bandlari, 168-moddasi 3-qismining “a,b” bandlari, 1881-moddasi 2-qismining “b,v” bandlari, 228-moddasi 2-qismining “b” bandi va 228-moddasining 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

JKning 59-moddasi tartibida, jinoyatlar majmui tariqasida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 5 yilga ozodlikni cheklash tayinlandi.

JKning 62-moddasi tartibida, uning 2019 yilning 7 noyabrdan 20 noyabrga qadar dastlabki qamoqda saqlangan 14 un muddatini ozodlikdan cheklashning bir kuniga tenglashtirib hisobga olgan holda o‘tash uchun uzil-kesil to‘rt 4 yil o‘n bir 11 oy o‘n olti (16) kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

M. Xakimova JKning 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari va 1881-moddasi 2-qismi “b,v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. JKning 70-moddasiga asosan jazodan ozod qilindi.

Jinoyat ishi bo‘yicha 17 067 nafar shaxsga nisbatan 54 mlrd so‘m zarar xisoblanib ayb e’lon qilingan. Sud majlisida aniqlangan holatlarga ko‘ra, 16 816 nafar shaxs jabrlanuvchilarga jami 44 mlrd 774 mln 510 ming 348 so‘m moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, dastlabki tergovda 26 mlrd 229 mln 605 ming 814 so‘m depozit hisob raqamiga to‘langan va sud majlisi davomida avtomashina olgan fuqarolar tomonidan 1 965 678 400 so‘m sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti Toshkent shahar bo‘limi depozit xisob raqamiga topshirilgan.

Bundan tashqari, "Avto 60 oy" MCHJning hisob raqamiga fuqarolar tomonidan 486 mln 87 ming 29 so‘m to‘langan.

Bundan tashqari, "Avto 60 oy" MCHJ bosh ofisi, Farg‘ona viloyatida joylashgan ofisidan, Samarqand viloyatida joylashgan ofisidan olinib xatlangan mol-mulklar jabirlanuvchilarga yetkazilgan zararni qoplashga proporsional tartibda taqsimlanishi belgilangan.

Hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanuvchi va jabrlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan e’tiboran shu muddat ichida, apellyatsiya tartibida Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

512

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing