1115 ta aholi punkti jamoat transporti bilan qamrab olinmagan – vazir

Jamiyat

image

O‘zbekistonda jamoat transportini yangicha asosda rivojlantirish bo‘yicha ishlanyapti. Ya’ni, aholi soni, zichligi, ijtimoiy ob’ektlar joylashgan joylardan, ta’lim muassasalari va boshqa faktorlardan kelib chiqib, barcha jamoat transporti yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqib, ilmiy asosda yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov aytib o‘tdi.

Xatlovga ko‘ra, 9145 aholi punktining 1115tasi jamoat transporti bilan qamrab olinmagan. Shuningdek, 4068 yo‘nalishning 374tasida qatnovlar to‘xtab qolgan. 

“Shu muammolarni hal qilish maqsadida yo‘nalishlarni belgilovchi tenderlarni 100 foiz elektron tizimga o‘tkazdik. Shuningdek, rentabellik umuman past bo‘lgan taqdirda, ularni subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlayapmiz”, deydi vazir. 

Unga ko‘ra, 2021 yilda viloyat markazlarida jamoat transportining modellashtirilgan bosh rejasi ishlab chiqilmoqda. Bunda xalqaro ekspertlar ham jal etilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing