11 sentyabr teraktidan 20 yil o‘tib ikki qurbonning shaxsi aniqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qariyb 20 oldin Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida joylashgan Jahon savdo markaziga qilingan hujumning yana ikki qurboni aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Nyu-Yorkdagi bosh vrachning idorasi bugun, 8 sentyabr kuni 2001 yilning 11 sentyabr kuni ro‘y bergan Jahon savdo markazidagi falokat qurbonlarining yana ikki nafari shaxsini aniqlagan.

Qurbonlardan biri Xempstedlik ayol Doroti Morgan bo‘lgan. Ikkinchisi esa erkak kishi bo‘lib, uning ismi oila a’zolarining iltimosiga binoan oshkor qilinmagan. 

Hozirgacha ushbu teraktda qurbon bo‘lgan 2977 kishidan 1646 nafarining shaxsi aniqlangan, xolos. Qolgan 1106 nafar qurbonning kimligi noma’lumligicha qolmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida, 2001 yil 11 sentyabr AQSH tarixida o‘chmas “dog‘” bo‘lib qoldi. Shu kuni Amerikada dunyodagi eng qo‘rqinchli va qonli terrorchilik harakati amalga oshirildi. 

Yirik megapolislar Boston, Nyu-York va Vashingtondan havoga ko‘tarilgan 4 ta yo‘lovchi samolyotlarining boshqaruvini qo‘lga olgan bir guruh terrorchilar Nyu-York shahrida joylashgan egizak binolarga va Virjiniya shtatida joylashgan mamlakat Mudofaa vazirligining shtab kvartirasi – Pentagonga borib urildi.

Terrorchilarning Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi egizak binolarini qulatishi oqibatida 3 mingga yaqin inson halok bo‘lgan, yana 6 ming atrofida odam talafot ko‘rgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda – 2753, Vashingtonda – 189, Pensilvaniyada – 44 kishi vafot etgan. Halok bo‘lganlar orasida 3 o‘zbekistonlik ham bo‘lgan. 

11 sentyabr xurujidan beri o‘tgan qariyb 20 yil davomida Nyu-Yorkning Manhetten tumani gullab-yashnadi. Shaharda qayta qurish ishlari hanuz davom etmoqda. Mahalliy aholi va sayyohlar Nyu-Yorkning tinch va xavfsiz ekanidan mamnun, ammo 2001 yilgi fojia ko‘pchilikning qarashlarini o‘zgartirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

585

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing