11 sentyabr terakti qanday bo‘lgandi? AQSH Maxfiy xizmati eksklyuziv suratlarni e’lon qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Maxfiy xizmati 2001 yil 11 sentyabr terakti amalga oshirilganiga 20 to‘lishi arafasida dunyoni larzaga keltirgan va XXI asrning eng mudhish qirg‘ini sifatida tarixga kirgan terroristik aktga oid maxfiy suratlarni e’lon qildi. Rasmlar xizmatning Twitter’dagi sahifasida paydo bo‘ldi. 

Ushbu rasmlar fojia yuz bergan joyda ishlagan xizmat xodimlari tomonidan taqdim etilgan va “Biz hech qachon unutmaymiz” degan heshteg bilan tarmoqqa joylangan.

Ma’lumot o‘rnida, 2001 yil 11 sentyabr AQSH tarixida o‘chmas “dog‘” bo‘lib qoldi. Shu kuni Amerikada dunyodagi eng qo‘rqinchli va qonli terrorchilik harakati amalga oshirildi. 

Yirik megapolislar Boston, Nyu-York va Vashingtondan havoga ko‘tarilgan 4 ta yo‘lovchi samolyotlarining boshqaruvini qo‘lga olgan bir guruh terrorchilar, Nyu-York shahrida joylashgan egizak binolarga va Virjiniya shtatidagi mamlakat Mudofaa vazirligining shtab kvartirasi – Pentagonga hujum qildi.

Terrorchilarning Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi egizak binolarini qulatishi oqibatida 3 mingga yaqin inson halok bo‘lgan, yana 6 mingga yaqin odam jabrlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nyu-Yorkda – 2753, Vashingtonda – 189, Pensilvaniyada – 44 kishi vafot etgan. Halok bo‘lganlar orasida 3 o‘zbekistonlik ham bo‘lgan. 

Hozirgacha ushbu teraktda qurbon bo‘lgan jami 2977 kishidan 1646 nafarining shaxsi aniqlangan, xolos. Qolgan 1106 nafar qurbonning kimligi noma’lumligicha qolmoqda.  

11 sentyabr xurujidan beri o‘tgan qariyb 20 yil davomida Nyu-Yorkning Manhetten tumani gullab-yashnadi. Shaharda qayta qurish ishlari hanuz davom etmoqda. Mahalliy aholi va sayyohlar Nyu-Yorkning tinch va xavfsiz ekanidan mamnun, ammo 2001 yilgi fojia ko‘pchilikning qarashlarini o‘zgartirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2027

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing