11 nafar o‘zbekistonlik bokschi Osiyo chempionligi uchun ringga ko‘tariladi
Sport
−
17 Oktabr 2019
4331Bugun, 17 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarinining Fujayra shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati doirasida final janglari tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hal qiluvchi janglarda 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.
(O‘g‘il bolalar)
57 kilogramm: Bilolbek Ixvolov - Yerasil Yermek (Qozog‘iston)
60 kilogramm: Bekzod Bekmurodov - Abzal Serik (Qozog‘iston)
63 kilogramm: Azizbek Tojiyev - Yogesh Кагра (Hindiston)
70 kilogramm: Login Petrov - Rahul (Hindiston)
75 kilogramm: Nusratbek Tohirov - Pu Yang (Xitoy)
+80 kilogramm: Jahongir Zokirov - Argen Бактибеков (Qirg‘iziston)
(Qizlar)
48 kilogramm: Sabina Boboqulova - Tamanna (Hindiston)
50 kilogramm: Feruza Kazakova - Lanping Deng (Xitoy)
52 kilogramm: Nigina O‘ktamova - Tannu (Hindiston)
60 kilogramm: Mohira Ahmedova - Priti Dahiya (Hiniston)
63 kilogramm: Aziza Zokirova - Hushi (Hindiston)
Janglar mahalliy vaqt bilan 12:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00) da boshlanadi.
LiveBarchasi