11 mamlakat. O‘zbekiston kimlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston birinchi navbatda 11 ta mamlakat bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli va aloqalarni yanada kengaytirishni izchil davom ettiriradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida gapirdi. 

Davlat rahbari ushbu 11 mamlakat nomlarini tilga olarkan, birinchi uchlikda Rossiya, Xitoy va AQSH nomini tilga oldi. 

“Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Pokiston, Germaniya, Fransiya va boshqa qator davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish izchil davom ettiriladi. Har bir asosiy sherigimiz bilan hamkorlik strategiyalari va dasturlari ishlab chiqariladi”, deydi Prezident.

Davlat rahbariga ko‘ra, O‘zbekiston olib borayotgan ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat inobatga olingan holda hamda uzoq muddatli strategik maqsadlardan kelib chiqib, mamlakatning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi takomillashtiriladi va yangilangan Konsepsiya qabul qilinadi.

“Tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va o‘zaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlash diqqat markazimizda bo‘ladi. Markaziy Osiyo davlat davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvining uchinchi sammiti o‘tkaziladi”, deydi Prezident. 

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari doimo diqqat markazida bo‘ladi. Shanxay hamkorlik tashkiloti raislikni samarali amalga oshirish choralari ko‘riladi. 

O‘zbekiston kelgusi yilda ham Afg‘oniston muammosini hal etish va barqarorlik o‘rnatishga qaratilgan tizimli sa’y-harakatlarni izchil davom ettirish niyatida. Prezident transafg‘on transport koridorini barpo etish bo‘yicha amaliy harakatlar olib borilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

334

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing