107 yoshli ayol vaksina bilan emlandi. Uning ahvoli qanday?

Olam

image

Serbiyada 1914 yilda tug‘ilgan, Novi-Sad shahrida yashovchi Ilona Kovach koronavirusga qarshi emlandi: u allaqachon vaksinaning ikkinchi dozasini olgan. Bu haqda “RIA Novosti” shahar kasalxonasiga asoslanib xabar bermoqda.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, 107 yoshli ayol o‘zini yaxshi his qilmoqda. Kovach qanday vaksina bilan emlangani haqida ma’lumot berilmagan, shifokorlar barcha vaksinalarni foydali deb hisoblashlarini aytgan.

Klinika xodimlari vaksinaning ikkinchi dozasini 2 aprel kuni ayolning uyida yuborgan. Poliklinikaning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi koordinatori Zorka Bakovichning ta’kidlashicha, Kovachning o‘zi emlash istagini bildirgan va hozir tirik va sog‘lom.

Ma’lumot uchun, hozir Serbiyada Pfizer/BioNTech preparati, Rossiya vaksinasi, shuningdek Xioy vaksinasi va AstraZeneca preparatlaridan foydalanilmoqda. Serbiya fuqarolari vaksina tanlashi va emlash uchun elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing