101 yashar sobiq konslager qo‘riqchisi besh yilga qamaldi
Olam
−
28 iyun 2022
9136Germaniyaning Brandenburg-an-der-Hafel shahar sudi 101 yoshli natsistlar konslagerining sobiq qo‘riqchisi Zaksenxauzen Jozef Shutsni besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda TASS DPA’ga asoslanib xabar berdi.
Agentlikning qayd etishicha, sobiq nozir Zaksenxauzen konslagerida minglab mahbuslarni o‘ldirishda yordam berganlikda ayblangan.
Shuts jinoyatlarga aloqadorligini rad etmoqda. Uning advokatlari shikoyat qilish niyatida.
Ma’lumot uchun, Zaksenxauzen konslageri Berlin yaqinidagi Oraniyenburg shahrida joylashgan edi. 1936 yildan 1945 yilgacha undan 200 mingdan ortiq mahbus saqlangan. 1945 yilning aprel oyida lager Qizil Armiya askarlari va Polsha qo‘shinlari tomonidan ozod qilindi. Bugungi kunda lagerda yodgorlik ochilgan.
Oynisaxon Abdullayeva
LiveBarchasi