10 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi. Ulardan biri ayol

Jamiyat

image

Davlat soliq xizmati organlari boshqaruvida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan 10 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi.

Tolibjon Adilbekovich Karimov Andijon viloyati Baliqchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Tolibjon Karimov 1984 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005 yilda Farg‘ona soliq kollejini, 2011 yilda Andijon davlat universitetini, 2014 yilda Soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2005 yilda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga mablag‘ to‘plash bo‘limi davlat soliq inspektori sifatida boshlagan.

Tolibjon Karimov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq nazorati bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Komila Komilovna Ahmadova Buxoro viloyati Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Komila Ahmadova 1991 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2012 yilda Buxoro davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.U soliq organlaridagi faoliyatini 2016 yilda Qorovulbozor tumani davlat soliq inspeksiyasi Kameral nazorat sho‘basi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

Komila Ahmadova yangi lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi Qo‘shilgan qiymat solig‘i mamuriyatchiligi bo‘limi davlat soliq bosh inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Alisher Rustamovich Latipov Buxoro viloyati Kogon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Alisher Latipov 1987 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2008 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2009 yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi Soliq to‘lovchilar hisobotlarini qabul qilish va tahlil etish sho‘basi katta inspektori sifatida boshlagan.

Alisher Latipov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Orif Shavqiddinovich O‘roqov Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Orif O‘roqov 1984 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2006 yil Toshkent moliya institutini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2006 yilda Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori sifatida boshlagan.

Orif O‘roqov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi Buxgalteriya bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Muhammad Abdulxaqovich Ergashev Samarqand viloyati Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Muhammad Ergashev 1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2011 yilda Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. U soliq organlaridagi faoliyatini 2007 yilda Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi EHM operatorligidan boshlagan.

Muhammad Ergashev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Hasan Nabi o‘g‘li Farsaxanov Sirdaryo viloyati Guliston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Xasan Farsaxanov 1991 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2013 yilda Guliston davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2017 yilda Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo‘limi davlat soliq inspektorligidan boshlagan.

Hasan Farsaxanov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Guliston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Alisher Suvanovich Ahmedov Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Alisher Ahmedov 1981 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.

2010 yil Navoiy davlat pedagogika institutini, 2017 yil Soliq akademiyasini soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2012 yilda Navoiy viloyati Karmana tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi sifatida boshlagan.

Alisher Ahmedov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati Zarafshon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Farhod Ziyadullayevich Ergashev Navoiy viloyati Navbahor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Farhod Ergashev 1983 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009 yil Toshkent moliya institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2014 yilda Navoiy viloyati Nurota tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq tekshiruvlari sho‘basi davlat soliq inspektori sifatida boshlagan.

Farhod Ergashev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Zohidjon Bobonazarovich Shomurodov Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Zohidjon Shomurodov 1983 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2003 yil Buxoro soliq kollejini, 2007 yil Soliq akademiyasini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2003 yilda Navoiy shahar davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat bo‘limi davlat soliq inspektori sifatida boshlagan.

Zohidjon Shomurodov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qiziltepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Humoyun Abdurajabovich Eshboltayev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Humoyun Eshboltayev 1992 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2014 yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2015 yilda Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi davlat soliq inspektori sifatida boshlagan.

Humoyun Eshboltayev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing