10 ming “ko‘k”ini sotayotgan valyutafurush ushlandi
Jamiyat
−
07 fevral 2019
3589O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent kichik xalqa yo‘lida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha, fuqaro S.S. fuqaro S.X.ga jami 10 000 AQSH dollarini, har bir AQSH dollarini 8 500 so‘mdan hisoblab sotishga kelishib, evaziga uning plastik kartasidan 100 mln so‘m mablag‘ni yechib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi