10 ming dollarga Qirg‘iziston universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentda 10 000 AQSH  dollari evaziga Qirg‘izistondagi universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va keyin O‘zbekistonga ko‘chirib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu xaqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Malum qilinishicha, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan D.A. fuqaro R.ga o‘zini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligida ishlashini aytib ishonchiga kirgan. So‘ng, uni 10 000 AQSH dollari evaziga Qirg‘iziston Respublikasidagi xalqaro universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga, keyinroq esa yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishini Toshkent Pediatriya institutiga ko‘chirtirib berishga ishontirgan.

Shundan so‘ng, D.A. fuqaro R.dan 8 000 AQSH dollarini muqaddam qo‘lga kiritib, qolgan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda 4 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchi va Toshkentda 10 ming dollar evaziga TDYUUga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs  ushlangani haqida xabar bergan edik.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing