10 qavatli inshoot dunyodagi eng baland bino deb topildi
Bu qiziq
−
28 noyabr 2022
20705Chikagodagi 10 qavatli “ Devid Rubenshteyn” forumi binosi 2022 yilda 100 metrgacha bo‘lgan imoratlar ichida dunyodagi “Eng baland bino” maqomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “World-architects.com” sayti xabar berdi.
Gap shundaki, Baland binolar va shaharlar bo‘yicha kengash tomonidan qabul qilingan bunday qarorga sabab, binolar o‘z balandligiga ko‘ra darajalarga bo‘linadi. “ Devid Rubenshteyn” forumi binosi birinchi darajaga tegishli binolar orasida eng balandi deb topilgan.
Binoni loyihalashtirgan tashkilot rahbari Xaver Kintananing fikriga ko‘ra, 2050 yilga kelib dunyo urbanizatsiyasi o‘rtacha 70 foizni tashkil qiladi.
“Biz ko‘proq talabalar, ishchilar ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ishlab chiqdik. Bugungi dunyo jamoatchiligida yanada sog‘lom, barqaror bo‘lgan talab ortib bormoqda. Biz bu binoni mana shu tendensiyalarni inobatga olib loyihalashtirganmiz”, deydi Xaver.
Bino oltita blokdan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 9000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Binoda 285 o‘rinli auditoriya, ma’ruzalar zali, yordamchi xonalar mavjud. Binoning o‘ziga xos tomoni – katta sirlangan metall profil bilan qoplangan.
Inshoot tabiiy muhitga ega hududda joylashgan bo‘lib, uning atrofida qushlarning tez-tez harakatlanishi kuzatiladi. Shu sababli binoning tashqi shisha qoplamasi “qushlar uchun xavfsiz texnologiya” asosida ishlangan. Ya’ni shisha qoplama qushlar yaqinlashganida o‘zidan ovozli signal chiqarish orqali ogohlantirish beradi. Shuningdek, bino energiya tejamkor inshootlar sirasiga kiradi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi