1 yanvardan boshlab aholidan yigirmaga yaqin hujjatlarni talab qilish bekor qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2022 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlaridan davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlarni hamda hujjatlarni talab qilish bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Farmonda keltirilishicha, endi davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini talab qilinmaydi.

Shuningdek, quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar ham davlat organlari tomonidan so‘ralmaydi: 

•  litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi;

•  davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligi;

•  qimmatli qog‘ozlarga egaligini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligi;

•  kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligi;

•  jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar to‘langanligini va olinganligi;

•  oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;

•  jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi tugatilganligi;

•  jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligi;

•  fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligi;

•  o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar;

•  oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlar.

Quyidagi hujjatlar: 

•  moliyaviy hisobotlar nusxalarini;

•  jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;

•  ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.

Farmonda qayd etilishicha, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni ushbu farmonga 4-ilovada belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1093

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing