1 yanvardan ayrim tadbirkorlarga soliqlarni to‘lashni kechiktirish huquqi beriladi

Biznes

image

2022 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni olti oy muddatga kechiktirish huquqi beriladi. Soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni to‘lashni kechiktirish taqdim etilmaydi.

Prezidentning “Mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan soliqlarni to‘lashni kechiktirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra:

•    2022 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qo‘lga kiritganda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni olti oy muddatga kechiktirish huquqi beriladi.

Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni kechiktirish uchun quyidagi shartlar belgilanmoqda:

soliqlarni to‘lashni kechiktirish huquqi yer uchastkalari, bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab uch oy muddat ichida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilgan va uning to‘lanishini ta’minlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi;

soliqlarni to‘lashni kechiktirishning amal qilish muddati davlat soliq xizmati organlariga belgilangan tartibda xabarnoma yuborilgan kundan boshlab hisoblanadi hamda uning tugagan sanasidan boshlab kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda bir yil davomida to‘lab beriladi. 

•    Bunda, soliq to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoniyatini berishdan foydalanganlik uchun foizlar soliqlar kechiktirilgan sanadan boshlab Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida hisoblanadi;

•    yer uchastkasi va (yoki) bino va inshootlar soliq to‘lovlarini kechiktirish muddati davomida realizatsiya qilingan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi to‘liq miqdorda undiriladi;

soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga soliqlarni to‘lashni kechiktirish taqdim etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing