1 yanvardan 14 ta hududdagi maktablarda yangi darsliklar o‘qitiladi – Prezident

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta’lim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda.

Davlat rahbari so‘nggi yillarda maktablarda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirdi.

“So‘nggi 5 yilda mingta maktab qurdik. 7 millionta kompyuter sinflarini tashkil qildik. Bu kabi ishlarga 14 trillion mablag‘ berdik. Bu hozirgi sharoitimiz uchun katta mablag‘. Lekin ta’lim uchun bersak arziydi. Bu bizning kelajagimiz”, deydi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev 1 yanvardan boshlab 14 ta hududda yangi darsliklarni tajriba asosida o‘qitilishini aytdi.

“Keyingi bosqichda 5–11-sinflar uchun ham darsliklar ishlab chiqamiz. Murojaatnomada aytilganidek, har bir maktab bitiruvchisi ikkita tilni bilishi va bitta kasb o‘rganishi kerak. Hozir 22 ta fan bor maktablarda. Endi esa yoshlarga kreativ sohalarda dars berishimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham ko‘rib chiqishimiz kerak”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

264

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing