1 trln dollarlik foydali qazilmalar “Tolibon” qo‘liga o‘tdi — CNN
Olam
−
20 avgust 2021
16492Afg‘oniston dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri, lekin bu mamlakatda qiymati qariyb 1 trillion dollarga teng foydali qazilma konlari topilgan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2010 yil geologlar va AQSH harbiylari Afg‘onistondan temir, mis, oltin va litium kabi foydali qazilma konlarini topgan. Hattoki, ushbu mamlakatda dunyodagi eng yirik litium konlaridan biri bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinadi.
Ma’lumot uchun litium – bu qayta zaryadlanuvchi batareyalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan noyob mineral. Unga talab jahon ishlab chiqaruvchilarining “yashil energiya”ga ommaviy o‘tishi hisobiga o‘sib bormoqda.
Jurnalistlarning yozishicha, Xavfsizlik muammolari, infratuzilmaning yo‘qligi va kuchli qurg‘oqchilik tufayli Afg‘onistondagi qimmatbaho minerallar ilgari qazib olinmagan. Mamlakat “Tolibon” nazoratiga o‘tgandan so‘ng, ular G‘arb sarmoyadorlariga foydali qazilmalarni qazib olishga ruxsat bermasligi mumkin. Vaziyatdan faqat “Tolibon” bilan hamkorlik o‘rnatishi mumkin bo‘lgan Hindiston, Xitoy yoki Pokiston foydalanishi mumkin.
Ayni paytda foydali qazilmalar Afg‘onistonga yiliga atigi 1 milliard dollar olib keladi. Atlantika kengashining katta ilmiy xodimi Mosin Xonning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu miqdorning 30 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan qismi korrupsiya sxemalari, shuningdek, kichik kon loyihalarini boshqaruvchi jangarilar va toliblar tomonidan olib qo‘yilgan.
“Verisk Maplecroft” kompaniyasining xavfsizlik bo‘yicha tahlilchisi Jozef Parksning fikricha, avvalgi g‘arbparast hukumat davrida investor Afg‘onistonga sarmoya kiritmagan bo‘lsa, endi toliblar hukmronligi vaqtida sarmoya kiritish nihoyatda qiyin bo‘ladi. AQSHning “Tolibon”ga cheklovlari ham sarmoya yo‘lida muammo bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi