1 sentyabrdan o‘zbekistonliklar uchun Rossiyaga kirish tartibi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 sentyabridan MDH mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish tartibi o‘zgaradi. Shu munosabat bilan “Uzbekistan Airways” AJ Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilar uchun kiritilayotgan yangi tartib haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, endi o‘zbekistonliklar “COVID-19 siz sayohat qilaman” (Puteshestvuyu bez COVID-19) ilovasi orqali taqdim etilgan “yashil” status QR-kodini ko‘rsatishlari shart bo‘ladi.

QR-kodni olish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

1. App Store, Google Play, AppGallery (Huawei ilovalari do‘koni) orqali “Puteshestvuyu bez COVID-19” mobil ilovasini yuklash;

2. Mobil ilova yuklanganidan so‘ng uni ishga tushirish, til va geolokatsiyani tanlash;

3. Qaysi davlatdan qaysi davlatga ketayotganligingizni belgilash;

7. 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda PZR-testini O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda topshirish. Laboratoriya xodimiga test natijasini “Puteshestvuyu bez COVID-19” mobil ilovasi orqali olmoqchi ekanligingizni xabar berish. Pasport va uning seriya raqamini kiritish;

8. Telefoningizdagi QR-kod orqali laboratoriya tomonidan berilgan test natijalarini skan qilish;

9. Chegarani kesib o‘tayotganingizda mas’ul xodimga QR-kodni telefoningiz ekrani orqali taqdim etish.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1957

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing