1 sentyabrdan MDH davlatlarining fuqarolari uchun Rossiyaga kirish tartibi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab barcha Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar fuqarolarining Rossiyaga kirishi faqatgina “COVID-19 siz sayohat qil” ilovasi orqali amalga oshiriladi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda. 

RF Bosh vazir o‘rinbosari Nikolay Overchukning so‘zlariga ko‘ra, 1 iyul sanasidan boshlab Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun “COVID-19 siz sayohat qil” ilovasi yordamidagina Rossiyaga kirish majburiy, MDH davlatlariga esa bu talabni 1 sentyabrdan joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, Overchuk “Hamdo‘st davlatlar Rossiyaga kirish imkoniyati bo‘lishi uchun ushbu ilovaga jiddiy yondoshishingizni so‘rayman. Ushbu ilovasiz Rossiyaga kirish imkonsiz bo‘ladi”, deya ta’kidlagan.

Raqamli platforma, uning so‘zlariga ko‘ra, tekshirishni imkoni bo‘lmagan soxta sertifikatlarni to‘sishga yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish jozki, platformadan foydalanib, koronavirusni tekshirish uchun klinikani tanlash, dasturda saqlanadigan va ko‘rsatiladigan tahlil natijalarini olish imkoniyatlari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, pandemiya sharoitida integratsiyalashgan uyushma doirasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolarining erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan “COVID-19 siz sayohat qil” mobil ilovasi ishga tushirilgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

430

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing