1 maydan talabalar ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan to‘lab beriladi
Jamiyat
−
13 aprel 2021
6491O‘zbekistonda talabalar yotoqxonalarini qurish uchun 4,4 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi, ijara pulining 50 foizi esa davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda bugun, 13 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.
Prezident ijarada yashaydigan talabalar uchun Hukumat dasturi tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, dasturga birinchi bosqichda 60 nafar yoshlar qamrab olinadi va 1 maydan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan to‘lab beriladi.
“Bugungi kunda 130 mingdan ziyod oliygoh talabalari ijarada yashamoqda. Bu farzandlarimizga 1 sentyabrdan boshlab ijara to‘lovining yarmi davlat tomonidan qoplab beriladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, ehtiyojmand talabalarga ushbu xarajatlar hokimliklar va oliygohlar mablag‘i hisobidan ham qoplab beriladi. Navbatdagi o‘quv yilida buning uchun 100 milliard so‘m ajratiladi.
Prezident tashabbusi bilan 4,4 trillion so‘m mablag‘ yangi yotoqxonalar qurilishiga yo‘naltiriladi.
LiveBarchasi