Dunyo koronavirus bilan yana bir oyni ortda qoldirdi

Olam

image

So‘nggi 24 soat ichida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qanday yangiliklar bor? Qanday voqea-hodisalar yuz berdi? Bularning bari QALAMPIR.UZ’ning 1 may kungi dayjestida.

Dunyoda koronavirusdan 234 099 nafar bemor vafot etdi. 3 308 035 kishi yangi turdagi koronavirusni yuqtirdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar bermoqda. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan kun davomida dunyo bo‘ylab 76 mingta COVID-19 kasalligi qayd etildi. 3932 kishi vafot etdi. Bundan tashqari, ushbu holatlarning eng ko‘p soni Yevropada tasdiqlangan, qit’ada 1 386 693 kishi koronavirus bilan kasallangan.

2020 yil 30 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 nafarga ortib, 2039 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan. Shifo topganlar esa 1133 kishini tashkil etmoqda.

Olma-otada COVID-19 tarqalishining o‘chog‘i 149 tagacha kamaydi. So‘nggi 24 soat ichida shaharda o‘n bitta o‘choqdagi cheklovlar olib tashlandi. Umuman olganda, shaharda 149 ta yuqtirganlar aniqlangan joylar mavjud. 30 aprel oqshomidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirusga 3402 nafar odam chalindi. 866 bemor shifo topgan bo‘lsa, 25 kishi vafot etdi.

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi turi tufayli vafot etganlar soni bemorlarning etnik guruhiga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Bu haqda Institute for Fiscal studies (IFS) mutaxassislari ma’lum qilmoqda. “COVID-19 tufayli jon boshiga shifoxonalarda o‘lim holatlari Karib dengizidagi qora tanlilar orasida eng yuqori”, deyiladi hisobotda. Shuningdek, ushbu guruhdagi o‘lim darajasi Buyuk Britaniyaning oq tanli aholisiga nisbatan uch baravar yuqori ekanligi qayd etilgan.

AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, kelajakda xalqaro reyslar yo‘lovchilari AQSHga uchishdan oldin koronavirus bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishlari kerak. “Ha. O‘ylaymanki, (AQSHga) sayohat qilmoqchi bo‘lganlar, o‘z salomatliklari borasida ishonchlari komil bo‘lishi lozim” dedi u. Bundan tashqari, Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, parvozdan oldin testdan o‘ztkazish koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqilgunga qadar davom etishi kerak.

Argentinada koronavirus tufayli mahbuslarning ozod qilinishiga qarshi namoyishga chiqdi. Mamlakat Lotin Amerikasidagi boshqa davlatlar singari mahbuslar uchun profilaktika choralarini yumshatish masalasi ham muhokama qilmoqda, biroq Prezident Alberto Fernandes bu masala sud tizimining ixtiyorida ekanligini aytmoqda. Poytaxt Buenos-Ayresda karantindagi odamlar muammoga e’tiborni jalb qilish uchun baland ovozda qichqirishgan va turli idishlarni urib, shovqin ko‘tarishgan. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, norozilik aksiyasi butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan.

Rossiya Qahramoni Axmat hoji Qodirov mintaqaviy jamoat fondi kecha, 30 aprel kuni Chechenistonning barcha viloyatlari va shaharlarida oziq-ovqat tarqatilishini tashkil etdi. Mamlakat rahbari Ramzan Qodirov ushbu aksiya 30 mingdan ortiq oilalarni qamrab olganini ta’kidladi. O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish davri boshidan buyon fond 290 mingdan ortiq oziq-ovqat paketini tarqatdi va 23 mingdan ortiq oilalarga qariyb 390 million rubl miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing