1 martdan qurilish ishlarida yangi tartib joriy etiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yilning 1 aprelidan boshlab qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ob’ektlari uchun xavf-xatarlar toifalari va ob’ektlarning funksional maqsadlaridan kelib chiqqan holda davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibi joriy etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ob’ektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Ta’kidlanishicha, qaror bilan Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalarga davlat qurilish nazoratini amalga oshirish doirasida qator huquqlar berilgan.

Jumladan, inspeksiyalar bino va inshootlarning zilzilaga bardoshliligiga ta’sir qiluvchi, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv huquqbuzarliklar aniqlanganda qurilish-montaj ishlarini to‘xtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilish huquqiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek,  2020 yil 1 martdan boshlab byudjetdan moliyalashtiriladigan ob’ektlardan tashqari kapital ta’mirlash ob’ektlarida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha talablar hamda inspeksiyalar tomonidan qurilishi tugallangan ob’ektlardan foydalanishga ruxsat berish tartibini joriy qilgan holda, ularni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha mavjud tartib-taomillar (belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich) talab va tartib-taomillar bekor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing