1 iyundan fuqarolardan o‘ndan ortiq hujjatni talab qilish taqiqlanadi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 1 iyundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martidagi “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, aholi va tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.

Davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlardan quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi:

•  ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
•  narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi;
•  sudlanganlik;
•  manzil-ma’lumot axboroti;
•  fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi;
•  turar joyning maydoni;
•  soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
•  soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi;
•  pensiya va nafaqa miqdori;
•  pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi;
•  nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi.

Bunda, davlat organlari va tashkilotlari mazkur hujjat va ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan  “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

Shoxrux Olimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing