1 fevraldan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi

Jamiyat

image

2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bugun, 31 dekabr kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytilgan. 

2020 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so‘m;

eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so‘m so‘m etib belgilandi. 

Shuningdek, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari belgilanmoqda.

Qaror bilan soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent (litsenziya) to‘lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirilmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

599

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing