O‘zbekistonda dollar narxi 9 000 so‘mga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 avgustdan boshlab O‘zbekiston banklari dollarni 9000 so‘mdan sotishni, 8940 so‘mdan sotib olishni boshladi. Oxirgi to‘rt kunda banklarda dollar kursi kamida 100 so‘mga qimmatlagan.

Birjada ham AQSH valyutasi ko‘tarilib boryapti. O‘zbekiston valyuta birjasida 12 avgustdagi savdo yakunlariga ko‘ra, dollar narxi 8926 so‘mni tashkil etgan. Bu 9 avgustdagiga nisbatan 44 so‘m qimmatdir.

Avgust oyi boshida birjada keskin tushib ketgan savdo hajmi asta-sekin tiklanmoqda. 12 avgust kungi yakunlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 98,1 mln so‘mni tashkil etgan. Solishtirish uchun bu miqdor 9 avgustda 76,9 mln so‘m, 30 iyulda 147 mln so‘m bo‘lgan edi. O‘shanda dollar 8706 so‘mdan sotilgan.

Bu kabi holatlar ortida “Ipak Yo‘li” banki konversion kartalardan naqd xorij valyutasini bepul yechib olish bo‘yicha e’lon qilgan aksiyasi to‘xtatilganini xabar berdi. Endi bu boradagi komissiya to‘lovi narxi 0,5 foizni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing