Pandemiyada davrida o‘quv markazlarining faoliyati qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Pandemiya davrida o‘quv markazlarini faoliyat olib borishi uchun xonadagi o‘quvchilar soni 10-15 nafardan oshmasligi zarur. Har bir qavatda qo‘llarni sovunlab yuvish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi zarur. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva o‘quv markazlarni tashkil etishga oid bir qator muhim qoidalarni ma’lum qildi.

Shtab a’zosining so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan pandemiya sharoitida tashkilotlar va korxonalar, jumladan xususiy maktab va bog‘cha, shu bilan birga xususiy o‘quv markazlarda ish faoliyatini tashkil etish borasida vaqtinchalik sanitariya qoidalari va me’yorlari tasdiqlangan. 

Mazkur sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida xususiy maktablar, bog‘chalar va o‘quv markazlarga quyidagilar belgilab berilgan:

•  barcha korxona va tashkilotlarda tashrif buyurayotganlarni filtrdan o‘tkazish (tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalari bilan qo‘llarga ishlov berish), shu bilan birga agar imkoniyat bo‘lsa niqoblar va qo‘lqoplar bilan ta’minlash; 

•  har bir qavatlarda antiseptik vositalari bilan qo‘llarni ishlov berish yoki qo‘llarni sovun bilan yuvish imkoniyatlarini yaratish;

•  kundalik xlor tarkibli vositalar bilan tozalov ishlarini olib borish va belgilangan tartibda davlat Sanitariya epidemilogiya nazorati bilan kelishgan holda birlamchi va keyinchalik shartnoma asosida binolarni dezinfeksiyalash;

•  darslarni tashkil etish borasida – 2 metrlik masofani saqlagan xolda ta’lim oluvchilarni joylashtirish, bunda auditoriyalarni katta kichikligidan kelib chiqqan holda tahsil oluvchilar soni 10-15 tadan oshmasligi kerak;

•  barcha o‘quvchilar niqobda bo‘lishlari kerak va har 2-3 soatda niqoblarni almashtirish talab etiladi;

•  xonalarni kuniga 2-3 marta shamollatish;

•  darslar davomiyligi o‘quv markazi belgilagan tartibda o‘tkaziladi, lekin 30-40 minut oralig‘ida xonalarni shamollatish uchun o‘quvchilarga tanaffuslar berish;

•  imkon bulsa, barcha darslar tugaganidan so‘ng xonalar havolarini KVARSlash tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori asosida joriy yilning 5 sentyabr sanasidan boshlab maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga ruxsat berilgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing