O‘zbekistonda to‘ylar uchun yangi cheklovlar o‘rnatilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yil 1 avgustdan boshlab to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan mas’ul tashkilotlarning tegishli takliflari inobatga olinib, joriy yilning 1 avgustidan boshlab to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 aprelidan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishi belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1263

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing