1,1 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosiga chek qo‘yildi

Jamiyat

image

Toshkent shahriga 1,1 milliard so‘mlik yirik miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni aylanma yo‘llar orqali olib kelib, pullashga uringan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qo‘mitaning Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari xodimlari tomonidan Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro boshqaruvidagi Mercedes Benz Sprinter rusumli yuk mashinasi yukxonasining bodring solingan qoplar ostida 9 ta qopda hamda yo‘lovchi o‘rindig‘i ostidagi 1 ta qopda jami 6076 ta flakonda “Tropikamid” tomchi dorilari yashirilgani aniqlangan.

Huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd. 93 mln. 680 ming so‘mni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Lacetti avtotransport vositasi salonida 500 dona flakonda “Tropikamid” kuchli ta’sir etuvchi dori vositasi, 3 dona “Regapen” kapsulasi, 0.32 gr. gashish va 1 dona elektron tarozi borligi aniqlandi. 

Shuningdek, Chilonzor tumanida 2 nafar shaxslar Qatortol ko‘chasida boshqa bir shaxsga 503 dona kuchli ta’sir qiluvchi modda -“Regapen” dori vositasini oldi-berdi qilishayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing