Shvetsiya “karantinsiz kurashi” ish bermaganini tan oldi

Olam

image

Shvetsiya sog‘liqni saqlash agentligi mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini bo‘yicha prognozi noto‘g‘ri bo‘lganini tan oldi. Bu haqda “Financial Times” yozmoqda.

Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini uchun ko‘rilgan choralar umidlarni puchga chiqargani va karantindan voch kechmagan qo‘shni Finlandiya va Norvegiyaga nisbatan ko‘rsatkichlar yomonlashib ketgani xaqida gapirdi. 

“Virusdan tuzalib, immunitet orttirish hisobiga kuzda vaziyat yaxshilanishini kutgan edik. Afsuski, ayni vaqtda Shvetsiya Yevropada yangi kasallanish holatlari yeng tez o‘sib borayotgan davlat”, deydi Anders Tegnell.

Qayd etish kerakki, Shvetsiya pandemiya boshlanganida karantin choralarini joriy qilishdan bosh tortgan Yevropa Ittifoqining yagona davlati.

Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 171 365 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 6 122 nafari vafot etgan. Sog‘ayganlar bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlar mavjud emas.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing