AQSHda saylov: 5,6 mlndan ortiq amerikalik o‘z ovozini berib bo‘ldi
Olam
−
08 Oktabr 2020
64455,6 milliondan ortiq amerikalik noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida muddatidan oldin ovoz berishgan. Bu haqda United States Elections Project saytida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, AQSHda umumiy hisobda allaqachon 5 million 618 ming 155 kishi ovoz bergan. 947 mingdan ortiq kishi ovoz bergan Florida shtati saylovlarda erta ovoz bergani bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi. Virjiniyada 769 ming, Michigan shtatida - 636 ming kishi saylovlarda oldindan ishtirok etgan. Viskonsinda 576 ming, Illinoysda esa 376 ming amerikaliklar mos ravishda muddatidan oldin ovoz berishgan.
Ma’lumot uchun, Jozef Bayden mashhurligi bo‘yicha raqibi, amaldagi davlat rahbari Donald Trampdan 16 foizga oldinda ekanligi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.
LiveBarchasi