“ArMI-2020”: O‘zbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida g‘olib bo‘ldi (fotoreportaj)

Jamiyat

1

Kecha, 31 avgust kuni “Forish” tog‘ poligonida “ArMI-2020” VI Xalqaro armiya o‘yinlari “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining so‘nggi sharti bajarildi. 

“Jamoaviy birinchilik” doirasidagi bellashuv xalqaro musobaqaning shu kunga qadar o‘tkazilganlari orasida eng shiddatlisi va tomoshabopi bo‘ldi. Qolgan jamoalarning tayyorgarligini munosib e’tirof etgan holda ta’kidlash joizki, shu kuni ham eng yuqori natija uchun asosiy raqobat mezbonlar va rossiyaliklar orasida kechdi.

Harbiy-tibbiy ko‘pkurash musobaqasi shartiga ko‘ra, ishtirokchilar to‘siqlardan o‘tish, yaradorlarni jangovar texnikadan xavfsiz hududga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yaradorlarni suvli to‘siqdan olib o‘tish va evakuatsiya qilinadigan texnikaga joylashish kabi mashqlarni bajarishdi.

“Individual mahorat” bosqichidan farqli ravishda bu yerda jamoa har bir a’zosining roli, salohiyati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Boisi, mashqlarning ko‘p qismi ishtirokchilar tomonidan parallel ravishda amalga oshirildi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, erkaklar bahslarida O‘zbekiston jamoasi 2572 ball bilan “Jamoaviy birinchilik” bosqichida tengsiz deb topildi. Asosiy raqobatchilar – rossiyaliklar 1513 ball to‘plab, finishda ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rinda Belarus jamoasi – 814 ball.

Ayollar orasida ham o‘zbekistonliklar 1642 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi. Rossiya jamoasida 1452 ball. Belarusliklar 554 ball bilan kuchli uchlikning quyi pog‘onasidan joy oldi.

Navbatdagi shartni ham o‘z foydasiga hal qilgan, ishonchli g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik harbiy tibbiyotchilar 2019 yilda “Forish” tog‘ poligoni ilk bor mezbonlik qilgan “Harbiy-tibbiy estafeta”ning “Jamoaviy birinchilik” bosqichida o‘rnatilgan 07’35,9’’ (erkaklar) va 11’35,6’’ (ayollar) vaqtlik rekordlarni mos ravishda yangiladilar: 6’28,8’’ va 10’09,2’’.

Shu bilan “Harbiy-tibbiy estafeta” xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Barcha shartlar bo‘yicha to‘plangan umumiy natijaga ko‘ra, 12 857 ball bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Rossiyaliklarda 10 110 ball va ikkinchi o‘rin.

Belarus jamoasi esa 6 585 ball bilan sovrinli o‘rinni egalladi.

Keyingi o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi – Tojikiston, Vetnam va Falastin.


Maqola muallifi

Teglar

ArMI-2020

Baholaganlar

123

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar