Termizda portlash! Ikki kishi vafot etdi
Jamiyat
−
08 aprel 2019
23152Termiz shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida portlash yuz berdi.
Holat yuzasidan Bosh Prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, potlash joriy yilning 8 aprel kuni soat taxminan 11:30 larda Termiz shahri, “Do‘stlik” mahallasi, A.Navoiy ko‘chasi, 10 uy yer to‘lasida sodir bo‘lgan.
Fuqaro I.B.ga tegishli bo‘lgan “Fasad Diyor” MCHJga qarashli bo‘lgan yerto‘laga I.B.ning amakisi I.R. va fuqaro R.A. bilan birgalikda omborxonada saqlanayotgan hojatxona qog‘ozi va boshqa tovarlarni ko‘zdan kechirish maqsadida yerto‘laga tushganlar. Yer to‘la qorong‘u bo‘lganligi sababli elektr chirog‘ini yoqqan vaqtda yer to‘lada to‘plangan is gazi va elektr energiyasining o‘zaro kimyoviy reaksiyasi natijasida portlash holati kelib chiqqan.
Natijada, xodisa joyida bo‘lgan fuqarolar I.R. va R.A.lar vafot etgan.
Hodisa joyiga, viloyat prokurorining 1-o‘rinbosari, viloyat IIB boshlig‘i va Termiz shahar prokurori va boshqa tezkor tergov guruhi a’zolari chiqishgan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
LiveBarchasi