Qarsaklar og‘ushidagi Tramp, qulagan Vashington, “dafn qilingan” Livan. Hafta suratlari

Bu qiziq

1592574623_e-news.su_ea24iusumaepoll

Iyun oyining yana bir haftasi nihoyasiga yetdi. So‘nggi yetti kun davomida AQSHda qora tanlilarning irqchilikka qarshi namoyishlari varvarlik aksiyalariga aylana boshladi. Albatta, bu hafta ham koronavirussiz o‘tmadi. Ammo odamlar endi unga moslasha boshladi.

Quyida hafta davomida fotokameralarga muxrlangan eng ajoyib va kishining nafratiga sabab bo‘luvchi voqealarni suratlarda ko‘rishingiz mumkin.

Angliya, London. Qora tanli namoyishchi Patrik Xatchinson "Qora tanlilar hayoti qimmatga ega" aksiyasida jarohatlangan oq tanli Brayn Meylni Vaterloo stansiyasi oldidan xavfsiz joyga olib ketyapti

AQSH, Texas shtati. Mahalliy hukumat Konfederatsiya qo‘mondoni Richard Doulingning Xyustondagi haykalini namoyishlar vaqtida zarar yetmasligi uchun olib qo‘yyapti.

AQSH, Kaliforniya shtati. Gollivuddagi ko‘chalardan birida odamlar "Barcha qoralar hayoti qimmatli" deb yozyapti. Surat dronda olingan.

Fransiya. Tibbiyot xodimlarining namoyishi vaqtida politsiya suv yordamida ularni tarqatishga urinyapti.

AQSH, Vashington. Namoyishchilar Qo‘shma Shtatlarda qullik tugatilgan 19 iyun kuni Konfederatsiya qo‘mondonining poytaxtdagi yagona haykalini yiqitib, yoqib yuborishdi.

AQSH, Jorjiya shtati. Atalanta shahridagi qora tanli Raysxard Bruks o‘ldirilgan Vendi restorani namoyishchilar tomonidan yoqib yuborildi. Politsiya Bruksni Vendi avtoturargohida mast emasligini tekshirayotganda u qochishga uringan. Politsiya esa uni to‘xtatishga urinib, o‘ldirib qo‘ygan. Restoran Bruksni xotirlash joyiga aylandi.

AQSH, Oregon shtati. Qora tanlilar Portlend shahrida AQSH asoschisi va quldor Jorj Vashington haykalini ag‘darib, uning boshiga Amerika bayrog‘ini bog‘lab, yoqib yuborishdi. Vashington AQSHni mustaqillikka olib chiqqan va uning birinchi Prezidenti bo‘lgan.

AQSH, Vashington. Prezident Donald Tramp Oq uyning Pushti bog‘ida mamlakat politsiyasini isloh qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagach, qarsaklar og‘ushida.

Iroq. Basra shahrida baliqchi quyosh botayotganda Shatt al-Arab daryosiga to‘r tashlayapti.

Livan, Bayrut. Hukumatga qarshi namoyishchilar poytaxt markazida mamlakatning ramziy dafn marosimida ishtirok etyapti.

Bali oroli. Padangbay portida kemaning bir qismini suv bosib qolgan. Suvni chiqarish uchun beshta nasos ishlatilgan.

AQSH, Nyu-York. Bruklindagi Skyline Drive-In NYC kinoteatrida odamlar film tomosha qilyapti.

Kuba. Gavanada ayol koronavirusdan himoyalanish uchun karton konstruksiya kiyib olgan.

Braziliya. San-Pauludagi qariyalar uyida Elizabet Nagat 76 yoshli opasi Luiza Nagatani maxsus to‘siq orqali quchoqlayapti.

Ispaniya, Barselona. Ikki bola yopiq arg‘imchoq oldida turibdi.

Chili, Santyago. 15 iyun kuni Chili poytaxtida COVID-19 qurbonlarini umumiy qabristonga ko‘mish jarayonidan olingan surat. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing