Yangi yil aslida kimning bayrami?

Bu qiziq

image

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan XVII asr oxiriga qadar butun dunyoda Yangi yil bayrami mart oyining boshida, bahorgi ekin-tekinlar mavsumi bilan bir vaqtda nishonlangan.

Miloddan avvalgi 46 yilda Yuliy Sezarning yangi yilni 1 yanvardan boshlash haqidagi qarori haqida ma’lumotlar ham bor, lekin o‘sha vaqtda bu keng tarqalgan udumga aylanmagan.

Rossiyada Yangi yilni keng nishonlash odati Pyotr I davrida paydo bo‘lgan. Bir necha yil Yevropada yashab, ularning turmush tarzini o‘rgangan rus imperatori 1699 yilning 29, 30 dekabrida 2 ta farmon chiqaradi.

Ularning birida Rossiyada yil hisoblashni yangicha taqvimga ko‘ra amalga oshirishni nazarda tutgan edi. Shunga qadar Rossiyada yillar Vizantiya taqvimiga ko‘ra (dunyo paydo bo‘lgan kundan boshlab) hisoblanar edi.  Shunday qilib eski taqvimdagi 7208 yil yangi taqvimiga muvofiq 1700 yilga aylanadi.

Ikkinchi farmonda Yevropa davlatlarida bo‘lgani kabi, Yangi yil sharafiga Moskva shahar ko‘chalari va yirik binolarni archa shoxlari bilan bezatish, bayram oqshomida olov yoqib, mushakbozlik qilish aytib o‘tilgan edi.

Pyotr I davridan so‘ng Yangi yil bayramini nishonlash, sekin-asta unutila boshladi, desak ham bo‘ladi. Bayram faqat ayrim badavlat xonadonlarda o‘tkazilar edi. Keyingi imperator Yelizaveta I davrida, Yangi yil oqshomi bir necha ming kishi ishtirokida ball-maskaradlar o‘tkazish rusum bo‘ladi. Keyinroq Yekaterina II davrida esa, bayramda shampan vinosi ichish va bir biriga sovg‘a ulashish odati paydo bo‘lgan ekan.

1852 yilda Sankt-Peterburgdagi Yekaterigof vokzali maydonida Rossiyadagi birinchi yangi yil archasi o‘rnatiladi.

Oktyabr revolyutsiyasidan keyin 1918 yilda bolsheviklar Yangi yil bayramini “revolyutsiya g‘oyalariga zid, g‘arb burjuaziyasining illati” deya tamg‘a bosib, uni bayram qilishni taqiqlab qo‘yaadi. Uning o‘rniga ular 7 oktyabrda “Qizil bo‘ron” bayramini joriy etishadi. Lekin bu bayram odamlarga ma’qul kelmaydi, ular yangi yilni baribir yashirincha bayram qilishda davom etishadi.

Shundan so‘ng, 1935 yil 28 dekabr kuni partiya vakili bo‘lgan Pavel Postishev “Trud” gazetasida “Keling, bolalar uchun Yangi yilda yaxshi archa bayram uyushtiramiz”, degan maqolasi chiqadi.  Unda muallif “Archa bayrami”ga siyosiy yoki diniy baho berishga, noto‘g‘ri talqin qilishga qarshi chiqadi va misol tariqasida revolyutsiyadan oldin boy badavlat kishilar va maldorlar bolalar uchun archa bayramlar uyushtirganini esga oladi. Nima uchun sovet bolalari bunday baxtdan mahrum bo‘lishi kerak degan savolni qo‘yadi.

Bir kun o‘tib “Pravda”da VLKSM bosh kotibi Kosarevning barcha maktab  va bolalar klublarida 1 yanvar kuni Yangi yilni nishonlash haqidagi farmoni e’lon qilinadi. 1936 yilning 1 yanvarida davlat rahbari Iosif Stalinning birinchi Yangi yil tabrigi e’lon qilinadi.

Yillar o‘tishi bilan Yangi yil bayramida Qorbobo va Qorqiz obrazlari paydo bo‘ladi. Sovet davrining keyingi yillarida olive salati hamda mandarin ham yangi yil kuni iste’mol qilinadigan odatiy taomlarga aylanadi.

Sovet ittifoqida 15 ta respublika, yuzlab millat vakillari istiqomat qilgan. 55 yildan ortiq vaqt davomida bu kun butun ittifoqni qabram olgan. 

Bayram arafasida har bir maktabda archa bayramlari o‘tkazilgan, Qorbobo sovg‘alar ulashgan. Undan so‘ng esa 10-12 kunlik ta’til berilan.

Manba: Sputnik


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

822

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing