Bo‘kadagi uylardan birida katta yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 1 noyabr kuni soat 01:50 daqiqa o‘tganda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani Achamayli MFY Ziyoli ko‘chasi 1-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda. 

Xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:39 da o‘rab olinib, soat 04:05 da bartaraf etilgan. Yong‘indan uyning 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan hamda alanganing qo‘shni uylarga tarqalishi oldi olingan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida yashash uyining 250 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

2  5 


Maqola muallifi

Teglar

Bo'ka tumanida yong'in sodir bo'ldi

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar