Samarqandda tekshiruv: Paxtachi va Kattaqo‘rg‘onda 3 tasi aniqlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida yer qa’ridan foydalanuvchi va qayta ishlovchi 28 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektida o‘rganish o‘tkazildi. Mazkur jarayonga marksheyderlik xizmati tashkilotlaridan malakali mutaxassislar jalb qilinganini ta’kidlash lozim. O‘rganishlar 25 ta korxonaning o‘zida tashkil etilgan bo‘lsa, 3 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt soliq idoralari ma’lumotlari asosida o‘rganildi. 

Yer qa’ridan foydalanish jarayoni tegishli ruxsatnoma (litsenziya) asosida amalga oshiriladi. O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 20 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qum-shag‘al aralashmasini ruxsatnoma olmasdan qazib olgani aniqlandi. 

Natijada 390,6 million so‘m yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va 326,6 million so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i byudjetga hisoblanmasdan qolingan. Mazkur holatlar yuzasidan ushbu korxonalarga Soliq kodeksining 70-moddasiga asosan talabnomalar rasmiylashtirilib yuborildi. Talabnomalar natijasiga ko‘ra, 12 ta korxona tomonidan 195,5 million so‘mga qayta hisobot va 146,2 million so‘mga asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etildi.

- 3 ta holatda 39,5 million so‘mlik yuborilgan talabnomalar ijro muddati kelmagan, deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimi Xusen Abdullayev.  Ta’kidlash lozimki, 2 ta holatda yer qa’ridan foydalanish uchun tegishli ruxsatnomasi (litsenziya) mavjud bo‘lib, mazkur korxonalarning soliq organiga taqdim etilgan hisobotlari marksheyderlik xizmati mutaxassislari ma’lumotnomasi bilan solishtirilganda farq aniqlanmadi.


Paxtachi va Kattaqo‘rg‘on tumanlaridagi 3 ta korxona faoliyati bo‘yicha soliq idoralarida o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida jami 572,2 million so‘mga yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i uchun qayta hisobotlar olinib, byudjetga to‘liq undirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

32

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing