Endi mamlakatni boshqarish yuzasidan har kim o‘z fikrini bildirishi mumkin
Jamiyat
−
08 iyul 2019
4130Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) tomonidan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqildi. Bu haqda Norma nashri ma’lum qilmoqda.
Hujjat sohada mavjud muammolarni aniqlash, asosiy maqsadlarni va rivojlanish ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillarini belgilash orqali “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Konsepsiya loyihasi ochiqlikni va aholining elektron ishtirokini, axborot xavfsizligini ta’minlash, ishonch munosabatlarini shakllantirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Konsepsiyani va uni amalga oshirish bo‘yicha har yili ishlab chiqiladigan “Yo‘l xaritalari”ning sifati va samaradorligi asosiy ko‘rsatkichlarga erishilganligini baholash orqali aniqlanadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. Hujjatga taklif va mulohazalarni info@napm.uz manzili bo‘yicha LBMA elektron pochtasiga ham yuborish mumkin.
LiveBarchasi