O‘zbekiston-Suriya o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga 32 mingdan ortiq tomoshabin keldi

Sport

image

Avvalroq,  O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Milliy stadionida Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Hozirgina o‘z yakuniga yetgan qiziqarli o‘yinning ilk daqiqalaridanoq O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari o‘zlarining ilk hujumidayoq, raqiblari posbonini ojiz qoldirishdi.

Bahsning 3-daqiqasida markazdan terma sardori Odiljon Ahmedov o‘zatgan to‘pni Rossiyaning Rostov klubi safida o‘ynovchi hujumchi Eldor Shomurodov Suriya darvozasiga joylab qo‘ydi. O‘zbekiston - Suriya 1:0.

Shundan so‘ng o‘zbekistonliklar biroz ortga chekinishdi. Suriya terma jamoasi futbolchilari birinchi bo‘lim davomida ikki marta xavfli vaziyat yaratishdi. Birinchisida o‘zbekistonliklar posboni Eldor Suyunov xavfni bartaraf etgan bo‘lsa, ikkinchisida suriyalik hujumchining chalqancha uslubda bergan zarbasi darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Taym yakunida Ektor Kuper shogirdlari biroz jonlanishdi. Buning natijasida Eldor Shomurodov 41-daqiqada gol kiritib, terma jamoa safidagi ikkinchi dublini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. 

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov shu yilning yanvar oyida o‘tkazilgan Osiyo kubogida Turkmaniston terma jamoasi darvozasini ham ikki marta ishg‘ol etgan edi.

Ikkinchi bo‘lim sokinlikda, tomonlarning to‘pni nazorat qilishga bo‘lgan urinishlari ostida kechdi. Vaqti-vaqti bilan qilingan hujumlar darvozabonlar uchun ortiqcha xavfni yuzaga keltira olmadi. Shu sababdan birinchi taymda o‘rnatilgan hisob ikkinchi bo‘limda o‘zgarishsiz qoldi.

Uchrashuv yakunida "Milliy" stadioni suhandoni uchrashuvni bevosita tomosha qilish uchun 32 271 tomoshabin tashrif buyurganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing