Burning qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama yoxud burundagi nuqsonni tuzatsa bo‘ladi
Biznes
−
03 iyun 2019
28056Bugungi kunda estetik-plastik jarrohlik butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham juda ommalashdi. Plastik operatsiyalarni burun estetik jarrohligi – rinoplastikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biroq, bir narsani yoddan chiqarmaslik kerak: burun juda nozik a’zo. Shunday bo‘lmagan-da, “Pop qiroli” Maykl Jekson birgina burnini bir necha marta operatsiya qildirmagan bo‘lardi.
O‘zbekistonda bunday nozik amaliyotlarni ishonish mumkin bo‘lgan rinoxirurglar bormi dersiz? Ha, albatta bor. Nodir Ibatov O‘zbekistonda burun jarrohligi – rinoxirurgiya bo‘yicha ko‘p yillardan beri samarali faoliyat olib borayotgan sohasining kamsonli professionallaridan.
Oliy toifali rinojarroh Nodir Ibatovning ishidagi bosh tamoyil – plastik jarrohlikdagi eng ishonchli hamda zamonaviy texnologiya va metodlarni qo‘llash, shuningdek, har bir bemorga alohida e’tibor qaratishdan iborat.
Nodir Ibatov 2003-2010 yillarda Toshkent tibbyot akademiyasining Tibbiy-pedagogika fakultetida tahsil olib, qizil diplom bilan tamomlagan. 2010-2013 yillarda Toshkent pediatriya institutida “otolaringologiya” bo‘yicha magistraturani tugatgan.
Faoliyatini 2010-2011 yillarda Mirobod tuman tibbiyot birlashmasida umumiy profilli shifokori sifatida boshlagan. 2015-2016 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi, LOR poliklinika mudiri, 2016-2018 yillarda 7-shahar klinik shifoxonasida LOR bo‘limi mudiri vazifasini bajargan.
Mohir rinojarroh Nodir Ibatov turli yillarda dunyoning ko‘plab shaharlarida o‘z malakasini oshirgan. Xususan:
• 2014 yil Moskva shahrida Yuz va burun estetikasi;
• 2015 yil Moskva shahrida Rinoplastikaga estetik va tizimli yondashuv;
• 2015 yil Nyu-Dehli shahrida LOR a’zolarini endoskopik davolash;
• 2015 yil Istanbul shahrida Rinoplastikaning yopiq va ochiq metodlari;
• 2016 yil Moskva shahrida Burun tashqi sohasining keskin deformatsiyalashuvida zamonaviy yondashuv;
• 2016 yil Baku shahrida Qanta rinoplastika, fikr, uslub, yondashuv;
• 2017 yil Yerevan shahrida Yopiq rinoplastika;
• 2017 yil Istanbulda Ochiq rinoplastika bilan burun orqa qismi – “Let down”ni tushirish
• 2018 yil Sankt-Peterburg “Zamonaviy rinoplastika: samarali metodlar va innovatsiya”.
• 2018 yil Moskva Plastik jarrohlik bo‘yicha yettinchi milliy kongress
• 2019 yil Sankt-Peterburg “Dunyoning uch yetakchisidan rinoplastika” ilmiy-amaliy konferensiyasi
Agar siz avval ham rinoplastikaga murojaat qilib, o‘zingizga kerak natijaga erisha olmagan bo‘lsangiz Nodir Ibatov bu borada ham yordam beradi. Rinojarroh oldingi plastik amaliyotdan qolgan salbiy asoratlarni ham bartaraf eta oladi. Shuningdek, Toshkentdagi boshqa rinoplastik jarrohlardan farqli o‘laroq, Nodir Ibatov jamoasi pezotexnologiya bo‘yicha ishlaydi. Buning uchun maxsus lazerli qurilma ham mavjud.
Rinoplastikada pezotexnologiya dunyoda kamdan-kam jarroh foydalanadigan usul hisoblanadi. Pezotexnologiyaning ustunligi davolashda jarrohlik usullardan ya’ni tig‘dan minimal darajada foydalanilishida. Bu usulda asosiy ish ultratovushli to‘lqinlar bilan bajariladi. Jarrohning asosiy qurollari bolg‘a va iskana Nodir Ibatov va uning jamoasi uchun tarixda qolyapti.
Ho‘sh, jarroh otolaringolog qanday qilib rinoxirurgga ixtisoslashdi va plastik operatsiya qildi? Nodir Ibatov shu va boshqa savollarga javob qaytardi:
– Barchasini tasodiflar hal qildi. Burnida jarohati bor bemor keldi. Operatsiyani rejalashtirdik. U amaliyot vaқтиda estetik kamchiliklarni ham tuzatib ketishni so‘radi. Jarohat bilan men shug‘ullandim, estetik tomonga boshqa jarroh javobgar bo‘ldi. Operatsiyadan keyin bemorning tashqi ko‘rinishda deyarli o‘zgarish bo‘lmadi va uning hafsalasi pir bo‘ldi. Achinarlisi, u butun amaliyotni men o‘tkazganimga ishonardi. Keyin men uni hayolimda operatsiya qildim, muammoni qanday hal qilgan bo‘lardim, deb. So‘ng, oxirgi pullarimni yig‘ib, Moskvaga yuz va burun estetikasi klinikasiga ketdim. U yerda professor Anvar Shuhratovich Salijonovdan o‘rgandim. Bu soha meni chulg‘ab oldi, hozir operatsiya qilingan bemorlar soni bir yarim mingdan oshdi.
– Jarrohlik amaliyotidan keyin yuzda izlar (shram) qolmaydimi?
– Rinoplastikadan keyin yuzda iz qolmaydi. Ikki xil rinoplastika bor: ochiq va yopiq. Ochiq rinoplastikada kichkina iz bo‘lib turadi. U ham 3-4 oydan keyin yo‘q bo‘lib ketadi. Ochiq rinoplastika jarroh uchun qulay, yopig‘i bemor uchun, kesishlar bo‘lmaydi, tezda tiklanadi.
– Avval rinoplastik jarrohlik o‘tkazib, ko‘ngli to‘lmagan kishilar qancha muddatdan keyin qayta operatsiya qildirishi mumkin va sizga shunday bemorlar tez-tez murojaat qilib turadimi?
– Rinoplastik jarrohlikni o‘tkazgan bemor burunda biror asorat bo‘lsa bir yildan keyin qayta operatsiya qildirishi mumkin. Ha, men faoliyatim davomida boshqa jarrohlardan keyin juda ko‘p qayta operatsiyalar qilganman.
– Rinoplastik operatsiya qildirish uchun kamida necha yosh bo‘lish kerak hamda reabilitatsiya davri qancha davom etadi?
– Bunday operatsiyalar uchun bemor kamida 16 yosh bo‘lishi kerak. Operatsiyadan keyingi tiklanish davri 3 haftagacha davom etadi.
– Kimlarga rinoplastik operatsiya umuman mumkin emas? Shunday toifa insonlar ham bo‘ladimi?
– Albatta, bor. Masalan, yuragi hasta, qandli diabet bilan og‘rigan, onkologiya bilan bog‘liq, qon bilan bog‘liq kasalliklar va suyak xastaliklari bor bemorlarga rinoplastika mumkin emas.
– Odatda burun operatsiyalari yilning salqinroq fasllari kuz va qishda o‘tkaziladi. Plastik jarrohlik uchun faslning ahamiyati bormi?
– Aslida faslning ahamiyati yo‘q. Yil davomida rinoplastik operatsiyalarni qilish mumkin. Asosiysi yetarli malaka va bilim bo‘lishi kerak.
Agar sizni o‘z tashqi ko‘rinishingiz qoniqtirmasa va Gollivud yulduzlaridek chiroyli burningiz bo‘lishini xohlasangiz oliy toifali rinojarroh Nodir Ibatov bu borada sizga yordam bera oladi.
Murojat uchun:
Telefon: +998974414444
Telegram: t.me/Nodir_Ibatov
Facebook: ibatov.uz
nodir.ibatov
Instagram: nodiribatov
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi