Tojikistonda yana zilzila bo‘ldi. U O‘zbekistonda ham sezildi
Jamiyat
−
23 mart 2023
20720Bugun, 23 mart kuni soat 07:53 da O‘zbekistonda yana zilzila qayd etildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan 07:53 da (23. 03. 2023 yil, Grinvich bo‘yicha 02: 53 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari:
39,37 gradus shimoliy kenglik;
69,79 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,9. Chuqurlik 15 km.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 216 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 152 km.
Jizzax viloyatida 2 ball, 188 km.
Farg‘ona viloyatida 2 ball, 204 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 216 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 242 km.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 mart kuni soat 1:07 da O‘zbekiston hududida zilzila qayd etilgandi.
LiveBarchasi