“Ular mening oyog‘imni o‘pardi”. Tramp prezidentlar bilan yozishmalarini oshkor qilmoqchi
Olam
−
18 mart 2023 12118 2 daqiqa
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bir paytlar turli mashhur shaxslardan olgan 150 ta shaxsiy maktubdan iborat kitobni nashr etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda u “Breitbart News” nashriga bergan intervyusida aytgan.
“Maktublar” nomli yangi kitobi haqida gapirar ekan, siyosatchi shunday dedi:
“Men ularning barchasini bilardim — va ularning har biri mening “oyog‘imni o‘pardi”, hozir esa faqat yarmi buni qiladi”.
Tramp turli davrlarda, hatto prezident bo‘lgunga qadar ham turli sohalarning taniqli vakillari bilan faol yozishmalar olib borgan. U qirolicha Yelizaveta II va malika Diana, Maykl Jekson, Klint Isvud, Opra Uinfri, Shakil O'Nil, AQSHning sobiq prezidentlari Richard Nikson, Ronald Reygan, katta va kichik Jorj Bush, Bill Klinton hamda Barak Obama bilan suhbatlashgan, shuningdek, Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaro, Xitoy rahbari Si Szinpin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan ham yozishgan.
Sobiq prezidentning o‘g‘li — kichik Donald Trampning ta’kidlashicha, ko‘plab mashhurlar otasi yuqori lavozimlarga nomzodini qo‘yganidan keyin undan yuz o‘girgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Trampga maktublar” yulduzlarning Trampga haqiqiy munosabati va soxta mensimasligini ko‘rsatadi. Hammasi bo‘lib 150 ta xat nashr etishga qaror qilindi.
Uning ikki yordamchisi siyosatchiga so‘nggi 40 yil ichida xabarlarni tahlil qilishda yordam berdi. Ularni tasniflashdi. Tramp o‘zining maktublar to‘plamini haqiqiy xazina deb ataydi. Avtografsiz kitob 99 dollar, u bilan birga esa 399 dollarga baholanishi allaqachon ma’lum qilingan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr