O‘zbekistonda elektr va gaz tarmoqlariga ulanish avtomatlashtiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar aholi uchun elektr va gaz tarmoqlariga inson omilisiz avtomatlashtirilgan tarzda ulanish nuqtalarini tanlash tizimi yaratiladi. Bu xakda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Azim Sattorov xabar berdi. 

Uning ta’kidlashicha, ushbu yangilik Prezidentning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish borasidagi qarori bilan joriy etiladi. 

Qarorga muvofiq 2023 yil 1 martdan boshlab elektr va gazdan foydalanishdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish va tegishli ma’lumotlarni “E – ma’muriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi. 

Bundan tashqari, mavjud elektr va gaz tarmoqlari hamda qurilmalarining yuklamasi belgilangan me’yordan oshgan taqdirda, ularga yangi iste’molchilarni ulash qat’iyan taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing