2022 yilda va’da berib bajarmaganlar – xalq o‘z “qahramon”larini taniydi
Intervyu
−
30 dekabr 2022
18719Bizda omonatga xiyonat deyilganda, birovga saqlash uchun berilgan pul va mol, qimmatbaho narsalarini o‘z egasiga qaytib bermaslik tushuniladi. To‘g‘ri, bu katta xiyonat, lekin omonatga xiyonat qilish deyilganda, faqat shu narsa tushunilmasligi kerak. Omonat keng ma’noni o‘z ichiga olgan tushunchadir. Masalan, berilgan va’da bajarilmasa bu ham xiyonat, yana bir odamningmas, minglab, millionlab odamlarning omonatiga, ishonchiga xiyonat. Hukumatimizdagi ayrim amaldorlarga xiyonatning bu turi ancha yod bo‘lib ketgan. Jabrlanuvchisi esa oddiy xalq ekanligi achinarli
Odatda, har yili reytinglarda "Eng yaxshi", "Eng zo‘r" va "Eng namunali" nominatsiyalarda insonlarning mehnatlari baholanadi. Tahririyatimiz shu kabi yil reytinglarini aksini o‘tkazdi, ya’ni "Yilning eng vadaboz mansabdori yoxud yolg‘onchi siyosatchisi". Odamlarga tutilgan mikrofon ulardan xaqqoniy bahoni oldi, deyish mumkin. Kimlardir energetika tizimidan norozi bo‘layotgan bo‘lsa, yana kimdir poraxo‘rlik kupayganini tanqid qildi, lekin eng ko‘p tilga olingani hokimlik vakillari.
"Eshik oldida amaldorlarni sarg‘ayib kutamiz, bizni eshitishmaydi ba’zida. Mas’uliyatsiz mas’ullardan charchadik", deydi yurtdoshlarimiz.
Hukumat vakillaridan rozi bo‘layotganlar ham yo‘q emas, muammolar bartaraf etilayotgani, hammasi sekin-sekin bo‘lishi, eski yilda qolib ketgan muammolar esa yangi yilda, albatta, amalga oshirilishiga ishonyapti umidi so‘nmagan odamlar.
Reytingimizni eng yuqori pog‘onalarni band etgan tashkilot yoki mas’ullarni emas, balki bu ro‘yxatga umuman kirmagan va tilga olinmaganlarni tabriklash mumkin. Ishonamizki, kelasi yilgi ijtimoiy so‘rovnomamizda reyting yetakchilari xalqni rozi qilib, bu ro‘yxatda takrorlanmaydi. Xafa bo‘lish yo‘q...
Akobir Misiraliyev
LiveBarchasi